Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining “Karvon” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalar ijrosi bilan tanishdi va muhokama o‘tkazdi.

Uchrashuvda tumanning 9 ta mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida olib borilayotgan loyihalar holati ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida qurilish ishlarini sifatli bajarish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda aholiga qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish va loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun