Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Date:

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram tantanalariga hali bir necha kun vaqt bo‘lishiga qaramay, hudud allaqachon mehmonlar bilan gavjum.

Tuman “Nuroniylar” jamoatchilik tashkiloti tashabbusi bilan Boysun tumanida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxonlar va mehnat faxriylari uchun majmuaga tanishuv sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar tumanlar qo‘rg‘onlarida namoyish etilayotgan boy tarixiy meros, milliy madaniyat, hunarmandchilik an’analari, folklor san’ati hamda turli ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Nuroniylar bu kabi keng ko‘lamli ishlar yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish, hududlarning madaniy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini e’tirof etib, tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdilar va yurtimiz tinchligi hamda farovonligi uchun duolar qildilar.

Mazkur tashabbushudud turizm salohiyatining yanada yuksalishiga, milliy qadriyatlarning keng targ‘ib etilishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun