“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Date:

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar resurslar to‘g‘ri yo‘naltirilganida qo‘shimcha 36 ming ish o‘rni yaratilishi va 60 ming fuqaroning daromadi “soya” iqtisodiyotidan chiqishi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bois endilikda loyiha tanlash va kredit ajratishda sun’iy intellektdan foydalanish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Biroq hududiy bank xodimlarini bu yo‘nalishda tayyorlash ishlari sustligi qayd etildi.

Mas’ullarga tuman bankirlarini sun’iy intellekt asosida ishlashga o‘qitish hamda banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini joriy etish topshirildi. Mazkur tizim tadbirkorlarga loyiha samaradorligi, risklar va bozor talabini tahlil qilib, kredit olishda aniq va asosli yechimlar taqdim etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun