Oyda ikki kun…

Date:

2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda har oyning 10- va 25-sanalarida “avtomobilsiz kun” hamda “avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus ekologik holatni yaxshilash va shaharlaridagi transport yuklamasini kamaytirishga qaratilgan.

Aksiya doirasida davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat avtomobillaridan foydalanish taqiqlanadi. Shu bilan birga, agar ushbu kunlar ish kuniga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar havoning ifloslanishini kamaytirish, jamoat transportidan foydalanishni kengaytirish va aholining ekologik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu amaliyot dunyo tajribasida ham samarali vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun