Qiymati 9 milliard…

Date:

Yurtimizda hududlar infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada qabul qilinayotgan qarorlar joylarda amaliy natijalar berib, bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Jumladan, Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 25-dekabrdagi PQ-386-sonli qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida 75 V026 avtomobil yo‘lining 6 kilometrlik qismida kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Hozirda eski asfalt qoplamasi maxsus texnikalar yordamida olib tashlanib, yangi asfalt yotqizish uchun tayyorgarlik jarayonlari jadal olib borilmoqda.

Mazkur loyiha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 9 milliard so‘mni tashkil etadi. Ta’mirlash ishlari mas’ul tashkilot tomonidan qisqa muddatlarda va yuqori sifatda amalga oshirilmoqda.

Ushbu yangilanishlar transport qatnovini yaxshilash, aholining kundalik hayotini yengillashtirish hamda hududning iqtisodiy rivojiga xizmat qiladigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun