Mehnat va tashabbus samarasi

Date:

Yurtimizda aholini tadbirkorlikka jalb etish, tomorqa va kichik yer maydonlaridan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar daromadini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Imtiyozli kreditlar va amaliy ko‘mak esa bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “O‘zbekiston besh yilligi” mahallasida yashovchi Cho‘tboyev Panji 3 yil avval hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 66 million so‘m imtiyozli kredit olib, 8 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etdi. Bugungi kunda u yerda bulg‘or qalampiri yetishtirib, barqaror daromad topmoqda. Uning turmush o‘rtog‘i Xayitova Mavluda esa uy sharoitida tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oila byudjetiga qo‘shimcha hissa qo‘shmoqda.

Mazkur oila misolida davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali qisqa fursatda barqaror daromad manbayiga ega bo‘lish mumkinligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu kabi ijobiy tajribalar boshqa oilalarni ham faol bo‘lishga undab, jamiyatda farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun