Taraqqiyot sari muhim qadam

Date:

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, yo‘l tarmoqlarini yaxshilash iqtisodiy faollik va turmush sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Bandixon tumanida mahalliy ahamiyatdagi 75V089 “Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo‘jaligi” avtomobil yo‘lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog‘ va Qaldirg‘och mahallalari hududidan o‘tuvchi 13 kilometrlik qismida asfaltlash ishlari uchun yer tayyorlash jarayonlari boshlandi. Ushbu loyiha transport qatnovini qulaylashtirib, aholining kundalik hayotini sezilarli darajada yengillashtiradi.

Jarayonlar tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan joyida o‘rganilib, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan me’yorlarga muvofiq amalga oshirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi. Yo‘lning uzoq yillar xizmat qilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari hudud taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun