Yangi loyihalar — yangi imkoniyatlar

Date:

Hududlarda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirish bugungi iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar izchil o‘rganilib, qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida bir qator sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, “Kattaqum” mahallasida joylashgan “Steelmax” MCHJda tunikafon mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni, “Durdona Asila Angor” MCHJda polietilen chiqindilarini qayta ishlash orqali granula va selofan mahsulotlari tayyorlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Bahor mahallasidagi “Grand diyor” MCHJ tomonidan muzlatgich omborxonasi va plastik qutilar ishlab chiqarish loyihasi, hamda “Angor Agrostar” MCHJning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish faoliyati o‘rganildi.

Mazkur tashrif hududda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni kengaytirish hamda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun