Qalblarga ma’rifat urug‘in sochib…

Date:

Bugungi kunda yosh avlodni ma’rifatli, keng dunyoqarashga ega qilib tarbiyalash jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kitobxonlikni targ‘ib qilish va ta’lim muhitini boyitish orqali yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shu maqsadda 22-aprel kuni Yuksalish harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi hamda tadbirkor Oydin Sharafutdinova hamkorligida Termiz shahridagi “Ma’rifat” mahallasining 2-sonli maktabi kutubxonasiga 120 ta badiiy kitob va ensiklopediyalar topshirildi. Mazkur tashabbus Ziyoli kelajak loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Taqdim etilgan kitoblar o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday ezgu ishlar orqali yoshlar uchun yanada qulay va sifatli ta’lim muhiti yaratilmoqda.

“Ziyoli kelajak” loyihasi doirasidagi bu kabi tashabbuslar nafaqat maktab kutubxonalarini boyitadi, balki kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni barkamol shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Zero, kitob — taraqqiyot sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘ldir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun