Tashabbus, imkoniyat va sifat

Date:

Hududlarda zamonaviy tibbiyot maskanlarining barpo etilishi yoshlar va mahalliy aholi uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Bunday tashabbuslar nafaqat sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilaydi, balki yangi ish o‘rinlari orqali yoshlar bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Muzrabot tumanining “Yo‘lchi” mahallasida joylashgan “As Med Al Farm” MChJga qarashli zamonaviy xususiy klinika faoliyati o‘rganildi. Qiymati 5 milliard so‘mlik ushbu loyiha bir vaqtning o‘zida 30 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Eng e’tiborlisi, klinika orqali 30 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, bu hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Klinikada yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilg‘or uskunalar va malakali shifokorlar faoliyati tufayli sifatli tibbiy xizmat endilikda faqat shahar markazlariga bog‘liq emasligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Tashrif davomida viloyat hokimi aholiga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni joyida tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, hududda bog‘ barpo etish hamda mikro gidroelektrostansiya qurish kabi istiqbolli loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur klinika nafaqat tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, balki hududda bandlikni ta’minlash va infratuzilmani rivojlantirishda muhim qadamdir. Bu esa qishloq joylarda ham zamonaviy hayot sifati shakllanib borayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun