Tizimda yangi bosqich

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda ayniqsa nogironligi bo‘lgan, jumladan ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxslarga xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan yangilash masalalari ko‘rib chiqildi. 2026-yildan boshlab 0–3 yoshli rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun bepul maxsus pedagogik va reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi, ayrim tibbiy xarajatlar esa davlat hisobidan qoplanishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, “Yangi kun” kunduzgi parvarish, uyda qarab turish, “Madad” uylari va qisqa muddatli joylashtirish xizmatlari kabi yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilib, minglab ehtiyojmandlar qamrab olinadi.

“Muruvvat” uylari bosqichma-bosqich “G‘amxo‘rlik” markazlariga aylantirilib, asosiy e’tibor tibbiy yordamdan ko‘ra ijtimoiy moslashuv va mustaqil hayot ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratiladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoya doirasini kengaytirish, ayrim toifalarga transport imtiyozlarini joriy etish hamda voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ushbu tashabbuslar ijtimoiy adolatni mustahkamlash, zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun