“Burch, jasorat, matonat!”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, zaxira ofitserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik yuzasidan axborot taqdim etildi.

Ma’lumotga ko‘ra, armiyada jangovar shaylikni oshirish, zamonaviy harbiy ta’lim va mashg‘ulotlarni takomillashtirish, shaxsiy tarkibning kasbiy va ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Yangi jangovar usullarni o‘zlashtirish va bo‘linmalar imkoniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ehtirom ko‘rsatish, moddiy yordam berish hamda “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida keng ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bu tashabbuslar tinchlikni asrash, Vatan himoyachilarining jasoratini qadrlash va yosh avlodda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaTerDU finalga chiqdi!
Keyingi sahifaTizimda yangi bosqich

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun