Yo‘ldagi bir lahza — umr taqdiri

Date:

Chegara qo‘shinlariga qarashli “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyida yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda yoshlarning yo‘ldagi mas’uliyati va ehtiyotkorligi masalalari markaziy o‘rinni egalladi.

Tadbir Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov tomonidan tashkil etildi. Suhbat davomida yo‘l-transport hodisalarining asl sabablari, ularning ayanchli oqibatlari va eng muhimi — bunday holatlarning oldini olish yo‘llari misollar orqali tushuntirildi.

Ayniqsa, yosh haydovchilar va piyodalarning intizomi, tezlik meyorlariga amal qilish, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish kabi oddiy, ammo hayotiy ahamiyatga ega qoidalarga alohida urg‘u berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi — ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan vaziyatlar bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bunday tadbirlar nafaqat qoidalarni eslash, balki yoshlarda yo‘l madaniyatini shakllantirish, ularni ongli va mas’uliyatli fuqaro etib tarbiyalashda muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun