Talabalar ligasida keskin bahslar

Date:

Yoshlar sporti — bu nafaqat jismoniy chiniqish, balki iroda, intilish va jamoaviylik maktabidir. Ana shu ezgu qadriyatlar yana bir bor Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan Talabalar ligasi doirasidagi voleybol musobaqalarining viloyat bosqichida o‘z ifodasini topdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu sport bellashuvlari talabalarning salohiyati va sportga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqini namoyon etdi.

Musobaqa davomida universitetning zamonaviy sport infratuzilmasi, yaratilgan qulay sharoitlar ishtirokchilarga o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etish imkonini berdi. Har bir o‘yin keskin kurashlar, murosasiz bahslar va tomoshabop lahzalarga boy bo‘ldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Termiz davlat universiteti jamoasi o‘z maydonida ishonchli o‘yin namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bellashuvlar davomida har bir jamoa o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyon etdi: tezkorlik, aniq zarbalar, puxta taktika va eng muhimi — jamoaviy hamjihatlik. Ayniqsa, mezbon jamoalarning chiqishlari sport muxlislarida alohida taassurot qoldirdi. Ular nafaqat mezbon sifatida namunali tashkiliy ishlarni amalga oshirdi, balki yuqori sport mahoratini ham ko‘rsatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun