Tarix va qadriyat tangalarda jam

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan esdalik oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqardi. Mazkur tangalar nafaqat to‘lov vositasi, balki tarixiy merosimizni aks ettiruvchi qimmatbaho kolleksion mahsulot sifatida ham ahamiyatga ega.

31,1 gramm og‘irlikdagi, 999,9 probali sof oltin va kumushdan zarb etilgan tangalar maxsus sertifikat bilan taqdim etiladi. Ularning old tomonida Amir Temur portreti, Toshkent va Samarqanddagi haykallari, shuningdek Oqsaroy va Amir Temur maqbarasi tasvirlangan.

Orqa qismida esa O‘zbekiston Davlat gerbi, 100 000 so‘m nominal qiymat va 2026 yil zarb etilgani aks etgan. Ayrim namunalarida “Temur tuzuklari”dan hikmatli so‘zlar ham joy olgan.

Bu tangalar buyuk ajdodimiz xotirasini ulug‘lash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish va numizmatika ixlosmandlari uchun noyob imkoniyat sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun