Tartib yangilandi

Date:

2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul qilish tartibi yangilandi va jarayon yanada qulay hamda keng qamrovli shaklga o‘tkazildi. Endilikda qabul davlat xizmatlari orqali amalga oshirilib, qamrov sezilarli darajada kengaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, qabul jarayoni joriy etiladigan hududlar soni 64 tadan 135 taga, maktablar soni esa 1956 tadan 5689 taga yetkazildi. Bu esa ota-onalar uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratadi.

Arizalar ikki bosqichda qabul qilinadi:20-iyun – 31-iyul: mikrohudud doirasida1-avgust – 31-avgust: mikrohududdan tashqariRo‘yxatdan o‘tish my.gov.uz va my.maktab.uz platformalari orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026–2027-o‘quv yili uchun 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Mazkur o‘zgarishlar ta’lim tizimini raqamlashtirish, ortiqcha navbat va qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda barcha bolalar uchun teng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun