Yangi tizim samarasi

Date:

Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etilmoqda. Bugungi kunda tumandagi qator mahallalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bevosita hududning o‘zida saralanib, qadoqlanib eksportga chiqarilayotgani tizim samaradorligini oshirmoqda.

Xususan, “Jaloyir” mahallasida tashkil etilgan ushbu jarayon doirasida fuqarolar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar bir nuqtaga jamlanib, talab darajasida qadoqlanib, yuk transportlariga ortilmoqda. Bu esa eksportyor korxonalar uchun qulaylik yaratish bilan birga, mahalla aholisi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mahalladagi tajribali dehqonlardan biri Jo‘rayev Mamarajab o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, 20 sotix yer maydonida gul karam yetishtirib, yuqori natijalarga erishmoqda. Jumladan, uning 10 sotix yer maydonidan olingan hosil qiymati 45–50 million so‘mni tashkil etib, samarali mehnatning yaqqol natijasi sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun