Harbiy qismga sayohat

Date:

Muzrabot tumani IIB boshlig‘i tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismga sayohat tashkil etildi. Tadbirda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik G‘.A. Badalov boshchiligida Vatanga sadoqat ruhida kamol topayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Sayohat davomida yoshlarga harbiy qismdagi zamonaviy texnikalar, qurol-aslahalar namoyish etildi. Shuningdek, yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning xizmat faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga muhabbatini yanada mustahkamlash, ularni yurtimiz tinchligi va xavfsizligini asrashdek sharafli burchga ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun