O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida 10 ta yirik qo‘shma loyiha ishga tushirildi. Ushbu tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida meva sharbatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Barff” qo‘shma korxonasi hamda metall briketlar ishlab chiqaruvchi “Boysun Ferrum” korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha ochilishida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va xorijiy investorlar ham videomuloqot orqali ishtirok etdi.
Mazkur qo‘shma loyihalar sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

