Asbob-uskunalar topshirildi

Date:

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda daromad manbaiga ega qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Muzrabot tumanida yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tomonidan 55 nafar ishsiz yoshga ularning qiziqishlari va ko‘nikmalaridan kelib chiqib,  16 dona payvandlash uskunasi, 26 dona bolgarka (burchak silliqlash uskunasi), 13 dona elektr pech (duhovka) yoshlar ixtiyoriga berildi.

Mazkur asbob-uskunalar orqali yoshlarning o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda barqaror daromad manbayiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Tumanda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun