“Men — donorman”

Date:

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligining Termiz shahar bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etib, insonparvarlik va ijtimoiy birdamlikni amalda namoyon etdi.

Aksiya davomida topshirilgan qon og‘ir xastaliklar, xususan onkologiya va gematologiya yo‘nalishida davolanayotgan bolalarga beg‘araz yordam sifatida yetkaziladi. Bu esa inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan muhim va savobli ishdir.

Mazkur tashabbusni viloyatning barcha hududlarida keng yoyish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali yanada ko‘plab insonlarga umid bag‘ishlash va ularning hayotini asrab qolishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun