Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, Alisher Navoiy mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash rejasiga asosan asfalt qoplamasi yotqizilib, hududdagi transport harakati uchun yanada qulaylik yaratildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari nafaqat yo‘llar sifatini yaxshilash, balki aholining turmush darajasini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Shu kabi ishlar kelgusida tumanning boshqa mahallalarida ham bosqichma-bosqich davom ettiriladi.

