“Yangihayot” yangi binoda

Date:

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi mahallalar infratuzilmasini tubdan yaxshilashga xizmat qilmoqda. Shu asosda Sariosiyo tumanida ham yangi xizmat binolari barpo etish ishlari izchil davom etmoqda.

Tumanning “Yangihayot” mahallasida barcha qulayliklarga ega zamonaviy xizmat binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Odiljon Yaqubov, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mahalla tizimini mustahkamlash, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Yangi bino esa mahalla ahliga samarali xizmat ko‘rsatish, fuqarolar bilan ishlash sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun