TerDU xalqaro trening mezboni

Date:

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish” mavzusidagi xalqaro trening boshlandi.

Nufuzli tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar, jumladan, akademik Ahmadali Asqarov hamda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti professorlari ishtirok etmoqda. Trening doirasida arxeologiya, antropologiya, arxeobotanika, arxeozoologiya hamda 3D modellashtirish kabi yo‘nalishlarda zamonaviy bilim va tajribalar almashilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar Surxondaryo hududidagi arxeologik yodgorliklarda dala tadqiqotlarida qatnashadi. Mazkur hamkorlik ilmiy aloqalarni mustahkamlash, madaniy merosni chuqur o‘rganish va yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun