Yoshlar sportda chiniqmoqda

Date:


Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda sport musobaqalari muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda Muzrabot tumani sport maktabida voleybol bo‘yicha U-15 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan kelgan jamoalar ishtirok etib, keskin va murosasiz bahslar olib borishdi. Yosh sportchilar o‘zlarining mahorati, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, mezbonlar — Muzrabot tumani jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Sherobod tumani, 3-o‘rin esa Denov tumani jamoalariga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakda professional sportchilarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun