Navro‘z shukuhi Surxondaryoda

Date:

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan asosiy Navro‘z sayli nafaqat voha ahliga, balki xorijlik mehmonlarga ham unutilmas taassurotlar ulashdi. Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydoni bayramona bezatilib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniyatimiz yorqin namoyon etildi.

Bayramda Tojikiston delegatsiyasining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etib, qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanayotganini ko‘rsatdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mehmonlar bilan birgalikda milliy pavilonlar, folklor chiqishlari, baxshichilik san’ati va teatr tomoshalarini tomosha qilib, Navro‘zning asl ruhini his etdi.

Tantanali tadbir hokimning samimiy tabrigi bilan ochilib, unda Navro‘zning yurtimizga tinchlik, farovonlik va baraka olib kelishi tilandi. Bayram davomida “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi g‘oliblari taqdirlanib, ilm-ma’rifatga e’tibor yana bir bor e’tirof etildi.

Konsert dasturlari esa bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Poytaxtdan tashrif buyurgan va vohamizning taniqli san’atkorlari — Yulduz Usmonova, Shohruhxon, Xamdam Sobirov va boshqalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Navro‘z sayllari Surxondaryoda nafaqat bahorning kirib kelishini, balki millatlararo totuvlik, madaniy boylik va yangilanish ruhini tarannum etuvchi ulkan bayram sifatida yana bir bor o‘z ifodasini topdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun