“Qalqon” yana peshqadam!

Date:

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi yoshlar uchun muhim sinov maydoniga aylandi.

Musobaqada Termiz davlat universiteti sharafini himoya qilgan “Qalqon” jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, yana bir bor o‘z ustunligini namoyish etdi. Jamoalar kamondan otish, harbiy estafeta, AK-74 avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, arqon tortish hamda tosh ko‘tarish kabi shartlar bo‘yicha kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Qalqon” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ushbu g‘alaba yoshlarning harbiy tayyorgarligi, intizomi va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun