Iftorlik dasturxoni yozildi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va savobli tadbirlar davom etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi homiyligida tumanda iftorlik tadbiri tashkil etildi. Unda nuroniy otaxon-onaxonlar, ehtiyojmand oilalar, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Ramazon oyining insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Iftorlik dasturxonida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda jamiyatdagi birlik va hamjihatlik mustahkam bo‘lishi tilab ezgu duolar qilindi.

Mazkur tadbirlar jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, mehr-muruvvat va saxovat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun