Hokim stipendiyasi qayta joriy etiladi

Date:

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida “Hokim va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari qatnashib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi stipendiyasini qayta joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur stipendiya iqtidorli va faol talabalarni rag‘batlantirish, ularning ilmiy hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni hokimning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirish, talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yuridik yo‘nalish talabalari uchun prokuratura organlarida amaliy tanishuvlar tashkil etish tashabbuslari ham ma’qullandi. Bundan tashqari, talabalarning startap g‘oyalari uchun tanlovlar o‘tkazilib, g‘olib loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘mak berilishi belgilandi.

Tadbir yakunida Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabaga sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaponiya tajribasi ommalashtiriladi

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or sport tajribalarini joriy etish...

“Surxon” qo‘riqxonasida jayronlar paydo bo‘ldi

Biologik xilma-xillikni asrash va yo‘qolib borayotgan noyob hayvon turlarini...

Bolalar koʻrikdan oʻtkazildi

Bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy...

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Hududlarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish aholi salomatligini...
KunTun
KunTun