Tartib va narx nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida bo‘lib, Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalaridagi savdo jarayonini o‘rgandi.

Ko‘zdan kechirish davomida ayrim hududlarda yomg‘irdan so‘ng suv to‘planib qolgani, ba’zi sotuvchilarning belgilanmagan joylarda savdo qilayotgani, sanitariya talablari to‘liq ta’minlanmagani hamda ayrim mahsulotlar belgilangan narxdan qimmatroq sotilayotgani tanqid qilindi.

Viloyat rahbari bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar zaxirasini ko‘paytirish, savdoni tartibga solish hamda sotuvchi va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Ta’kidlanganidek, markaziy dehqon bozorlari aholiga arzon va sifatli mahsulot yetkazib berish bilan birga, sanitariya talablari va savdo madaniyati to‘liq ta’minlangan maskanga aylanishi zarur.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun