Yoshlar tashabbuslari eʼtiborda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdimoti hamda ta’lim va yoshlar bandligiga oid masalalar bilan tanishdi.

Taqdimotda yosh tashabbuskorlar tomonidan ilgari surilgan startap g‘oyalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari va kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berildi. Viloyat rahbari loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tarixchi olimlar tomonidan “Amir Temur davlatchiligi shakllanishida Termiz va termiziylarning o‘rni” mavzusida kitob tayyorlash loyihasi taqdim etildi. Tadbir davomida oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, maktablarga malakali xorijiy til o‘qituvchilarini jalb etish hamda iqtidorli sportchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, viloyat hokimi Termiz davlat universitetida yosh huquqshunoslar va volontyorlar faoliyati bilan tanishib, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan volontyorlik xizmatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun