Hokim stipendiyasi qayta joriy etiladi

Date:

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida “Hokim va talaba-yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasalari talabalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari qatnashib, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Uchrashuvda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi stipendiyasini qayta joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur stipendiya iqtidorli va faol talabalarni rag‘batlantirish, ularning ilmiy hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni hokimning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirish, talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yuridik yo‘nalish talabalari uchun prokuratura organlarida amaliy tanishuvlar tashkil etish tashabbuslari ham ma’qullandi. Bundan tashqari, talabalarning startap g‘oyalari uchun tanlovlar o‘tkazilib, g‘olib loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘mak berilishi belgilandi.

Tadbir yakunida Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabaga sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun