“Yangi O‘zbekiston” massivlari farovonlik va zamonaviy turmushni ta’minlaydi”

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi. Mazkur loyiha 2021-yil 12-oktyabrdagi farmon asosida hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi uchun zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

50 gektar maydonda qad rostlayotgan massivda 116 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha 68 ta uy foydalanishga topshirilib, 1,5 mingta xonadonga aholi ko‘chib kirdi. Poliklinika, 180 o‘rinli bog‘cha, 330 o‘rinli maktab, mahalla binosi, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ish boshladi. Muhandislik tarmoqlari tortilib, quyosh panellari o‘rnatildi, hudud ko‘kalamzorlashtirildi.

Davlat rahbari massivdagi 66-maktabda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu yerda 500 dan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv muhit yaratilgan. Prezident ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishlarini keng joriy etish yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlashda muhim ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, 6,5 milliard so‘m evaziga barpo etilgan xorijiy tillar va axborot texnologiyalari o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi. 400 o‘rinli majmua yiliga 2 mingdan ortiq yoshni qamrab olish imkoniyatiga ega. Bu yerda yuzlab o‘quvchilar IT yo‘nalishlari va ingliz tilidan yuqori natijalarga erishgan.

Prezident aholi bilan muloqot qilib, “Yangi O‘zbekiston” massivlari insonlar farovonligi va zamonaviy turmushini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Ushbu loyiha Surxondaryoda nafaqat uy-joy qurilishi, balki ta’lim, infratuzilma va yoshlar salohiyatini rivojlantirishni uyg‘unlashtirgan zamonaviy shaharsozlik namunasiga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yaponiya tajribasi ommalashtiriladi

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or sport tajribalarini joriy etish...

“Surxon” qo‘riqxonasida jayronlar paydo bo‘ldi

Biologik xilma-xillikni asrash va yo‘qolib borayotgan noyob hayvon turlarini...

Bolalar koʻrikdan oʻtkazildi

Bolalar salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy...

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Hududlarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish aholi salomatligini...
KunTun
KunTun