“Chinobod”da yangi bog‘cha

Date:

 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Angor tumanining “Chinobod” mahallasida 25 yil avval faoliyati to‘xtab qolgan 25-sonli bog‘cha o‘rnida zamonaviy, 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi olib borilmoqda.

Yangi ta’lim maskani bolajonlar uchun barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lib, zamonaviy loyiha asosida barpo etilmoqda. Qurilish ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda. Mazkur loyiha mahallada maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun