Jarqo‘rg‘onda “Ziyoli kelajak” loyihasi

Date:

         2025-yil 15-senytabr kuni “Yuksalish” harakati tomonidan yirik ijtimoiy tashabbus — “Ziyoli kelajak” loyihasiga start berilgan edi.

         Maktablardagi mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish hamda har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara oladigan sharoitni yaratib, ta’lim tizimini yanada qulay va sifatli qilishni maqsad qilgan loyiha davlat va xususiy tuzilmalar, fuqarolik jamiyati hamda ko‘ngillilarni ta’limning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lida birlashtiradi.

          “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi va tadbirkor Zarifa Axmedova hamkorligida “Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 48-umumta’lim maktabi kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi topshirildi. Ushbu jamlanmada o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari o‘rin olgan.

— Bizning maqsadimiz – O‘zbekistondagi har bir bola kitoblar, bilim va o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olsin. “Yuksalish” harakati va maktablar vakillariga bizning qarashlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiramiz. Birgalikda biz yanada yaxshiroq kelajakni bunyod etamiz, — deydi tadbirkor Zarifa Axmedova.

Ushbu loyiha:

  • Maktablarning  moddiy bazasini yaxshilash, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish;
  • O‘quvchilarning intellektual salohiyati va o‘zlashtirish darajasini oshirish;
  • O‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish;
  • Maktablar uchun barqaror va uzoq muddatli rivojlanish modelini yaratish;
  • Ma’rifatli va faol yosh avlodni shakllantirishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning keyingi bosqichida “Ziyoli kelajak” onlayn-platformasi va mobil ilovasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bu orqali maktablarning holati monitoring qilinadi, o‘quvchilar va ota-onalar fikrlari yig‘iladi hamda ehtiyojlarga tezkor javob beriladi.

“Ziyoli kelajak” — bu mamlakatimiz kelajagiga, yosh avlod ta’limi va ma’naviy rivojiga kiritilayotgan sarmoyadir.

Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati

hududiy bo‘linmasi  bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun