Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Date:

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga safari keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishdan boshlandi. Tashrif an’anaga muvofiq, buyuk alloma Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilish bilan ochildi.

Qur’on tilovat etilib, yurtimiz tinchligi va farovonligi tilab duo qilindi. Ulamolar bilan suhbatda allomaning boy ma’naviy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va uni xalqimiz hamda xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, islom dinining ezgulik, insonparvarlik va mehr-shafqat kabi yuksak qadriyatlarini asrab-avaylash, milliy an’analarni rivojlantirish hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash zarurligi ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda majmua tubdan ta’mirlanib, obod maskanga aylantirilgan. Zamonaviy yoritish, isitish va sovitish tizimlari o‘rnatildi, hudud keng ko‘lamda obodonlashtirildi. Minglab manzarali daraxt va mavsumiy gullar ekilib, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratildi. Allomaning boy ilmiy merosini asrab-avaylash va majmua infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Safar doirasida, shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish hamda ijtimoiy sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ertaga davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi. Mazkur tashrif hududning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, ma’naviy merosni asrash va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

53 nafar fuqaro ishli boʻldi

Sho‘rchi tumanida “Murod shifo” xususiy tibbiy markazining ochilishi aholiga...

Yoshlarimiz sovrindor boʻldi

Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha U-20...

Festival yakunlandi

Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining tantanali...

“Xotira turniri” — jasorat va matonatni ulug‘ladi

Termiz shahrida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida Sariosiyo voqealaridagi...
KunTun
KunTun