Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Date:

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi sharoitda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Shu maqsadda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi tashkil etilib, eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va ular bir yil davomida har oy 20 million so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Shuningdek, eng sara xorijiy asarlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni esa xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatlarining yarmi qoplanadi. Yangi o‘quv yiliga qadar eng yaxshi 100 ta asardan iborat to‘plam tayyorlanib, barcha maktab va texnikumlarga yetkaziladi. Eng faol kitobxon o‘quvchilar 10 million so‘m mukofot bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, oyiga 10 ming donadan ortiq savdoga erishgan tadbirkorlarga uch yil muddatga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi. Mazkur chora-tadbirlar yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, tafakkur va dunyoqarashini kengaytirish hamda jamiyatda mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun