“Ikkinchi imkon” — yangi yo‘l ochadi

Date:

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlarni jamiyatga tez va samarali moslashtirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shu maqsadda “Ikkinchi imkon” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

Loyiha doirasida bunday yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitiladi. Bitiruvchilar daromadli ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Tizim 1-iyundan Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati va Toshkent viloyatida joriy etilib, kelasi yildan boshlab barcha hududlarda kengaytiriladi. Mazkur tashabbus yoshlarning ijtimoiy hayotga qayta integratsiyasini ta’minlash, takroriy jinoyatchilikning oldini olish hamda ularni jamiyatning faol va foydali a’zosiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun