Ta’lim tizimining “Qalqon”i bo‘ladi

Date:

Vazirlik nizomiga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida “Qalqon” patrullari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur patrullar talabalarning odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularni sport va fan to‘garaklariga jalb qilishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, ular talabalar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning zarari haqida tushuntirish ishlari olib boradi, xavfli xulq-atvor belgilarini erta aniqlab, tegishli mas’ullarga axborot beradi. Patrullar ta’lim muassasasi ma’muriyati, huquq-tartibot organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Ushbu tashabbus ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlarning huquqiy ongi va ma’naviy saviyasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun