Hududlar rivoji – ustuvor vazifa

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov raisligida onlayn yig‘ilish o‘tkazilib, hududlarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishdan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Farrux Xoliqov boshchiligida kengaytirilgan majlis tashkil etilib, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ichimlik suvi, elektr energiyasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari holatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini jalb etish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi hududlarning barqaror rivojlanishi, infratuzilma yaxshilanishi hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun