M39 bo‘yida “Yashil makon”

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Angor tumanining “Tallashqon” mahallasida, M39 avtomagistral yo‘li bo‘yida “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi.

Ayni paytda hududda maxsus texnikalar yordamida yer maydonlari ko‘chat ekishga tayyorlanmoqda. Yaqin kunlarda bu maskan zamonaviy va fayzli yashil hududga aylanishi kutilmoqda.

Mazkur tashabbus nafaqat yo‘l bo‘yining estetik qiyofasini yaxshilash, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, havoni tozalash va hudud iqlimini yumshatishga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu kabi loyihalar aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish, viloyatning investitsiyaviy hamda turistik jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun