“Orzulardan – maqsadgacha!”

Date:

Surxondaryo viloyatida xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi rolini kuchaytirish maqsadida “Orzulardan – maqsadgacha!” nomli motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Surxondaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Uchrashuvni boshqarma boshlig‘i Z. Xidirova ochib berib, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, erta tug‘ruq va huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Tadbirda rahbar ayollar, iqtidorli qizlar hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar ishtirok etib, motivatsion ma’ruzalar, ochiq muloqot va tajriba almashishlar orqali shaxsiy rivojlanish, mustahkam hayotiy pozitsiya va aniq maqsad sari intilish g‘oyalari ilgari surildi. Uchrashuv ayollarni jamiyat hayotida yanada faol bo‘lishga undashi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun