Boshqirdiston delegatsiyasi Surxondaryoda

Date:

Surxondaryo viloyatiga Boshqirdiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vaziri Margarita Bolycheva boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratildi.

Mehmonlar Termiz shahridagi “Motamsaro ona” monumenti poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi hamda Airitom Free Zonedagi biznes muhiti, infratuzilma va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar bilan tanishdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, logistika va sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, hududlararo sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tashrif Surxondaryoning xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun