Ehson tadbiri o‘tkazildi

Date:

Oltinsoy tumanida Muborak Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyotmand aholi vakillari uchun ehson tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir hududda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazildi.

Ehson tadbiri davomida fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy ehtiyoj buyumlari topshirildi. Ishtirokchilar tomonidan bunday xayriya ishlari jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashi ta’kidlandi.

Aholining ehtiyojmand qatlamini doimiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilishi qayd ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun