Samolyot o‘zimizda ishlab chiqariladi

Date:

Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Magnus Aircraft Zrt. bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan Magnus Fusion 212 samolyotlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama etildi.

Magnus Aircraft Zrt. kompozit materiallar asosida innovatsion yengil samolyotlarni loyihalash va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Vengriyaning xalqaro kompaniyasi bo‘lib, uning vakillari AQSH, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida faoliyat yuritadi.

Mazkur hamkorlik aviatsiya sanoatini rivojlantirish, yuqori texnologiyalarni jalb etish va mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun