Xizmat avtomashinalari topshirildi

Date:

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan xalqchil siyosat, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida davlat organlari faoliyati shaffofligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu maqsadda hududlarda axborot siyosatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu yondashuv doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan shahar va tumanlar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari — davlat tili bo‘yicha maslahatchilarga xizmat avtomashinalari topshirildi.

Mazkur tashabbus axborot xizmatlari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar haqida tezkor hamda xolis ma’lumot yetkazish imkonini kengaytiradi. Endilikda mutaxassislar joylarga tezkor chiqib, aholi murojaatlari ijrosini o‘rganish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va davlat organlari faoliyati shaffofligini ta’minlashda yanada samarali ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Bu esa jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlash, ochiq va hisobdor boshqaruv tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bahslar ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Surxondaryo viloyatida stol tennisi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”...

Xurmodan qo‘shimcha qiymat

Uzun tumanida xurmo mevasini quritish va undan mayiz tayyorlash...

Vatanga sadoqat — oliy sharaf

Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish,...

Ustuvor vazifalar belgilandi

Ta’lim sifati va yoshlar kamoloti hududlar taraqqiyotining asosiy omili...
KunTun
KunTun