Murojaati o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimining fuqarolar bilan onlayn qabulida “Temirdarvoza” mahallasida yashovchi fuqaro Muhabbat Elbekova oilaviy sharoiti og‘irligi, turmush o‘rtog‘ining bemorligi sababli uni davolatish hamda tomorqasida ekin ekish uchun zarur sharoit yaratish masalasida murojaat qilgan edi. Viloyat rahbari mas’ullarga murojaatni atroflicha o‘rganib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan hamda ijrosini shaxsan nazoratga olgan edi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, oilaning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, sog‘ligi tufayli to‘shakka mixlangan turmush o‘rtog‘ining holidan xabar oldi.

Murojaat ijrosi doirasida tomorqa yer maydoniga tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatildi. Bu esa tomorqadan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbai yaratish hamda oilaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan qo‘shimcha moddiy yordamlar ajratildi. Shuningdek, oila boshlig‘ini malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va davolash ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, xonadonga quyosh panellari va geokollektor o‘rnatish orqali energiya ta’minotini yaxshilash choralari belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun