Jonli ijrodan kitobga

Date:

Milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy merosni asrab-avaylash yo‘lida baxshichilik san’ati alohida o‘rin tutadi. Asrlar davomida og‘zaki an’ana orqali avloddan-avlodga o‘tib kelgan dostonlar xalqimizning tarixi, orzu-intilishlari va ruhiy olamini o‘zida mujassam etgan bebaho xazina hisoblanadi. Ana shu boy merosni asrash va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida muhim madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Respublika baxshichilik san’ati markazi, Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati hamda Surxondaryo viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirning eng muhim va e’tiborga molik qismi o‘zbek xalq og‘zaki ijodining durdonalari bo‘lgan dostonlarning jonli ijrodan yozib olingan 20 ta doston-kitob namunalarining taqdimoti bo‘ldi.

Mazkur to‘plam baxshilar ijrosidagi asarlarni saqlab qolish, ularni yozma va audio shaklda kelajak avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadamdir. Ayniqsa, Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamkorligida amalga oshirilgani ushbu loyiha imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun ham teng ma’naviy imkoniyat yaratishga xizmat qiladi. Bu esa madaniy merosning inklyuzivlik tamoyili asosida targ‘ib qilinayotganidan dalolat beradi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq baxshilari, taniqli ijodkor baxshilar, baxshichilik sinfi o‘qituvchilari va o‘quvchilari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ustoz baxshilar o‘z ijodiy tajribasi, dostonchilik an’analari va ijro sir-asrorlari haqida so‘z yuritdi.

Savol-javoblar jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob oldi, soha rivojiga oid taklif va mulohazalar bildirildi. Fuqarolar va mutaxassislarning murojaatlari qayd etilib, ularni ko‘rib chiqish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun