“Ilmli ayol – millat bunyodkori”

Date:

Jamiyat taraqqiyotida ayollarning o‘rni beqiyos. Ilmli, ma’rifatli va tashabbuskor ayol nafaqat oila tayanchi, balki butun millat kelajagini bunyod etuvchi kuchdir. Ana shu g‘oya asosida Termiz shahridagi 2-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Ilmli ayol – millat bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Dilbar Normurodova ishtirok etib, ayollarning ilm-fan, ta’lim va jamiyat hayotidagi faolligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Suhbat davomida xotin-qizlarning fidokorona mehnati, erishayotgan yutuqlari hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

So‘zga chiqqanlar ilmli ayol – farzand tarbiyasida, oilada sog‘lom muhit yaratishda, jamiyatda esa ma’naviy yuksalishni ta’minlashda muhim omil ekanini qayd etdilar. Shuningdek, bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun mavjud sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Davra suhbati ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va millat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Oldingi sahifaJonli ijrodan kitobga
Keyingi sahifa“Men g‘olib”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun