Suluv e’tirof etildi

Date:

Sherobod tumanining “Poshxurt” mahallasida istiqomat qiluvchi iqtidorli yosh Suluv Mirzayeva Suluv Oltiboy qizi san’at sohasidagi yuksak mahorati bilan respublika miqyosida e’tirof etildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan tashkil etilgan nufuzli “Sehrli ranglar” respublika tanlovida u faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda oltin medal bilan taqdirlandi.

Tanlovda respublikaning turli hududlaridan kelgan yosh ijodkorlar qatnashgan bo‘lib, Suluv Mirzayevaning mazmunan boy va badiiy jihatdan mukammal ishlari hay’at tomonidan yuqori baholandi. Ushbu g‘alaba Sherobod tumanida yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning samarasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun